Kecha, 8-iyul kuni xonanda Manzuraning otasi Muborak Yo‘ldoshev 85 yoshda vafot etdi. Bu haqda Manzuraning hamkasb dugonasi Iroda Dilroz Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Instagram / @manzura_singer

O‘zbekiston xalq rassomi Muborak Yo‘ldoshev o‘zbek milliy rangtasvir san’ati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. U bebaho durdona asarlar muallifi edi.

Foto: Instagram / @manzura_singer

Muborak Yo‘ldoshev so‘nggi marta 2017-yilning 16-mart kuni I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyida “Dostonlar himoyachisi” deb nomlangan tasviriy san’at namunalari ko‘rgazmasini o‘tkazgan edi.