“Gazprom” O‘zbekistondan gaz sotib olishni kamaytirdi. Bu haqda “Gazprom” va “O‘zbekneftgaz” vakillarining 6-iyul, juma kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ma’lum qilindi, deb yozmoqda Spot.
Ma’lum qilinishicha, kompaniya 2017-yili 5,5 milliard metr kub gaz sotib olgan. 2016-yili bu ko‘rsatkich 6,2 milliard metr kubga teng bo‘lgan. Ya’ni, ushbu ko‘rsatkich 12 foizga kamaygan.
Avvalroq O‘zbekistonning rejali tarzda neft qazib olishni kamaytirib, gaz ishlab chiqarishni ko‘paytirayotgani xabar qilingan. Masalan, birinchi chorakda gaz ishlab chiqarish 6,4 foizga ko‘paygan.
Uchrashuvda tomonlar Shoxpaxta konidan gaz qazish bo‘yicha hamkorlik masalasini muhokama qildi.
Eslatib o‘tamiz, “Gazprom” va “O‘zbekneftgaz” Peterburg iqtisodiy forumi doirasida 2024-yilgacha Shoxpaxta konidan gaz qazishni davom ettirishga doir kelishuvni imzolagan. 2017-yil aprel oyida kompaniya O‘zbekiston bilan 2018-yildan boshlab har yili 4 milliard kubometr gaz xarid qilish bo‘yicha 5 yillik shartnoma tuzgan.
Izoh (0)