• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi yangi nizom tasdiqlandi

    Hukumatning 2018-yil 5-iyuldagi qarori bilan O‘zbekiston hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi yangi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

    Foto: Adliya vazirligi

    Foto: Adliya vazirligi

    Mazkur nizom O‘zbekiston hududidagi chegara zonasi va mintaqasida chegara rejimini ta’minlash tartibini belgilaydi.

    Nizomda xizmat faoliyati va o‘rnatilgan rejimga rioya etilishini nazorat kilish, chegara zonasiga kirish (o‘tish), bu yerda bo‘lish, (yashash), harakatlanish va ishlarni amalga oshirish, chegara mintaqasiga kirish (bo‘lish) uchun ruxsatnomalar olish va ularni rasmiylashtirish tartibi belgilandi.

    Hujjatga muvofiq, chegara zonasiga kirish (chiqish) nazorati ichki ishlar organlari, maxalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, davlat chegarasida vaziyat murakkablashganda esa Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari tomonidan ham amalga oshiriladi.

    Chegara zonasiga kirish (o‘tish), bu yerda bo‘lish (yashash), harakatlanish va ishlarni amalga oshirish tartibi quyidagicha:

    Chegara zonasida doimiy yashaydigan O‘zbekiston fuqarolarining pasportlariga ichki ishlar organlari tegishli maxsus shtamp qo‘yadi. Bunday fuqarolar chegara zonasi doirasida ro‘yxatga olish kartochkasini olmasdan, yashash joyidagi tuman va viloyat hududida harakatlanishi mumkin;

    Chegara zonasida doimiy yashamaydigan va bu yerga 5 kundan ortiq muddatga keladigan fuqarolarning pasporti va shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlardan tashkari chegara zonasida bo‘lish uchun ichki ishlar organlari tomonidan beriladigan alohida ro‘yxatga olish kartochkasi ham bo‘lishi shart;

    O‘qishga ketgunicha chegara zonasidagi aholi punktlarida yashagan oliy, o‘rta-maxsus va boshqa ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda talabalaridan ularning ta’lim muassasalarida o‘qishini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lishi lozim;

    Chegara zonasiga ota-onasi yoki hamrohlik qiluvchi shaxslar bilan keladigan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar ota-onasi yoxud hamrohlik qiluvchi shaxslarning ro‘yxatga olish kartochkalariga kiritiladi;

    Chegara zonasiga dehqonchilik, chorvachilik, qurilish, qidiruv va boshka ishlarni bajarish uchun kelgan bir guruh fuqarolar, shuningdek, sayyohlar, artistlar brigadasi va chegara zonasida yashamaydigan boshqa fuqarolar jamoasi uchun ro‘yxatga olish kartochkalari guruh rahbarining nomiga u bilan kelganlar soni ko‘rsatilgan holda beriladi;

    Ro‘yxatga olish kartochkalari faqatgina bitta tuman hududida amal qiladi;

    Chegara zonasiga vaqtincha yashash uchun keladigan shaxslarga ro‘yxatga olish kartochkalari bir oydan ortik bo‘lmagan muddatga beriladi;

    Ro‘yxatga olish kartochkalarining amal kilish muddatini uzaytirish uchun ichki ishlar organlariga ularning amal qilish muddati tugashidan 5 kun avval murojaat qilishlari shart;

    Chegara zonasida joylashgan sanatoriy, dam olish uylari, pansionatlar, turistik bazalar va boshqa davolash-sog‘lomlashtirish muassasalariga boradigan fuqarolar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, sanatoriya va turistik yo‘llanmalar yoki ushbu muassasalar tomonidan beriladigan ma’lumotnomalar bo‘yicha chegara zonasida harakatlanishi mumkin;

    Chegara zonasi orqali chet elga chiqmoqchi bo‘lgan yoki mamlakat hududi orqali tranzit harakatlanadigan shaxslar davlat chegarasidan o‘tish huquqini beradigan tegishli hujjatlarga ega bo‘lishi lozim.

    Chegara zonasida bo‘ladigan shaxslarning majburiyatlari:

    Chegara zonasida bo‘ladigan shaxslar o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi, shuningdek, chegara zonasi va chegara mintakasida bo‘lish huquqini beradigan hujjatlarini olib yurishi, mas’ul organlar vakillarining talabiga binoan hujjatlari, transport vositalari va tovarlarni tekshirish uchun taqdim etishga, chegara zonasi va chegara mintaqasida nima uchun yurganini tushuntirishi lozim;

    Chegara zonasida joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar raxbarlariga tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan shaxslarni ishga qabul kilish man etiladi;

    Chegara zonasida faqatgina ichki ishlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari bilan kelishilgan holda tegishli tashkilotlar tomonidan berilgan yo‘llanma va ruxsatnoma bo‘yicha ov qilish mumkin;

    Chegara mintaqasida sport va havaskorlik ovi, baliq ovlash, tabiat qo‘ynida dam olish yoki biron-bir zaruratsiz bo‘lish mumkin emas;

    Joylarni va obyektlarni kinofoto suratga olish Davlat xavfsizligi xizmatining ruxsatnomasi bilan amalga oshiriladi.

    Bundan tashqari:

    Davlat chegarasiga tutash hududlar va chegaradosh qo‘shni hududlarda barqaror epizotik vaziyat bo‘lganda, chegara mintaqasida chorva mollarini maxsus ajratilgan joylarda faqat kunduzi boqish mumkin. Chorvadorlar Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari tomonidan belgilangan talablarni so‘zsiz bajarishga majbur;

    O‘zbekistonda doimiy yoki vaqtincha yashaydigan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs chegara mintaqasiga Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarining ruxsatnomasi bilan kirishi va bo‘lishi mumkin.

    Javobgarlik:

    Chegara zonasi va chegara mintaqasida chegara rejimi qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan qonunchiligida nazarda tutilgan ma’muriy ta’sir choralari qo‘llaniladi.

    08.07.2018, 14:32   Izoh (0)   50442
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda “Mustaqil yurt hunarmandlari” ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda (foto)

    08.07.2018, 12:27

    Kattaqo‘rg‘onda gumondor ayolni tahqirlagan San’at Umarov qamoqqa olindi. Tahqirlangan ikkinchi ayol haqidagi ma’lumotlar nega oshkor etilmadi?

    08.07.2018, 12:13

    O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiya prezidenti inauguratsiyasida ishtirok etadi

    08.07.2018, 11:43

    Toshkentdagi reydlar davomida suvarak va pashshalar makon qilgan nonvoyxona va oshxonalar aniqlandi (video)

    08.07.2018, 11:29

    O‘zbekistonlik o‘quvchilar Bolgariyada o‘tkazilgan matematika bo‘yicha xalqaro musobaqada g‘olib chiqdi

    08.07.2018, 10:50

    O‘zbekistonda mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan beriladigan ma’lumotnomalar soni qisqaradi

    08.07.2018, 09:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qator hududlarida issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 00:13

    Indoneziya prezidentining mushugi shaxsiy qo‘riqchiga ega bo‘ldi

    Dunyo | 22 iyul, 00:00

    O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 23:44

    Isroil 25 davlatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

    Dunyo | 21 iyul, 23:16

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56

    O‘zbekistonda “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ilishi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.