Tailandda yengil motorli samolyotning qulashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 6-iyul, juma kuni The Nation gazetasi bergan ma’lumotga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Shuningdek, halokat oqibatida bir kishi jiddiy jarohat olgan.
Samolyot mamlakat shimoli-g‘arbidagi Maye Xong Son provinsiyasidagi aeroportdan uchganidan keyin 5-iyul payshanba kuni radarlar ekranidan yo‘qolib qolgan.
Halokat sodir bo‘lgan joyda qidiruv guruhi bir nafar yo‘lovchini topgan. Ikkinchi yo‘lovchi va 2 nafar uchuvchi halok bo‘lgan. Samolyotda jami 4 kishi bo‘lgan.
Izoh (0)