Davlat “Issiqquvvatta’mir” MChJdagi o‘z ulushini sotmoqda. Bu haqda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 5-iyul, payshanba kuni bergan ma’lumotiga tayanib, Spot xabar berdi.
Nazorat aksiyalarining 51 foizi sotuvga qo‘yilgan. Korxona Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi 53-uyda joylashgan.
Aktivlarni sotib olgan shaxs investorlik majburiyatini o‘z bo‘yniga oladi. Ya’ni, yangi ish o‘rinlari yaratish va qisqa muddat ichida sarmoya jalb qilishga majbur bo‘ladi.
Lotning boshlang‘ich narxi — 9,3 milliard so‘m.
“Issiqquvvatta’mir” MChJ ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj korxonasi hisoblanadi.
Izoh (0)