AQShning Sietl shahridagi xonadonlardan birida Donald Tramp prezidentlik muddatining tugashiga qolgan kunlarni sanaydigan soat o‘rnatildi. Bu haqda Kiro 7 telekanaliga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Soat uyning avvalgi egalari tomonidan o‘rnatilgan. Xonadonning hozirgi bekasi Lili Onnen esa soatni o‘z joyida qoldirish va kun sanashni davom etishga qaror qilgan.
Onnenning so‘zlariga qaraganda, u uchun mazkur hisoblagich umid timsolidir. Ayolning qo‘shnilaridan biri soatni g‘aroyib deb atab, uni prezident tarafdorlariga nisbatan haqorat deb hisoblamasligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Tramp inauguratsiyasi 2017-yil 20-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan. AQShda prezident 4 yil muddatga saylanadi.
Izoh (0)