Xorvatiya tarixidagi birinchi ayol prezident Kolinda Gravar-Kitarovich futbol bo‘yicha Jahon Chempionatida o‘z mamlakati termasini qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiyaga keldi, deb yozadi TJournal. Siyosatchi o‘z safari haqida ijtimoiy tarmoqlarda hikoya qilib bormoqda va allaqachon Rossiya OAVlari e’tiboriga tushdi.
Grabar Kitarovich Rossiyaga 1-iyul kuni oddiy reys samolyotida uchib keldi. Salonda ekonom-klassning boshqa yo‘lovchilari bilan birga suratga tushdi.
Xorvatiya prezidenti Nijniy Novgorodda bo‘lib o‘tgan 1/8 final doirasida Daniya bilan bo‘lgan o‘yinni oddiy tribunada boshqa futbol muxlislari bilan birga tomosha qildi. G‘alabali matchdan keyin davlat rahbari o‘z mamlakati terma jamoasining xonasiga kirdi. Grabar Kitarovich futbolchilarni ¼ finalga chiqqani bilan tabrikladi.
O‘z Twitter’ida prezident Rossiyani “yaxshi o‘yin” bilan qutladi va 7-iyul kuni Sochiga borishga va’da berdi. O‘z postiga u Vladimir Putinning ingliz tilidagi akkauntini teg qildi.
Congratulations to #RUSSIA on a great play ⚽️! See you in #Sochi! @PutinRF_Eng
— Kolinda Grabar-Kitarović (@KolindaGK) July 1, 2018
Izoh (0)