Betobligi xabar qilingan Yaponiya imperatori Akixitoning sog‘lig‘i yaxshilandi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.
84 yoshli imperatorning tibbiyot mutaxassislari nazorati ostida ekani, bir necha kun davomida dam olishi lozimligi xabar qilingan.
Yaponiya imperatori va uning rafiqasi so‘nggi vaqtlarda mamlakat bo‘ylab juda ko‘p sayohat qilgan. Ular Akixitoning iste’foga chiqishi oldidan xalq bilan xayrlashgan.
Avvalroq Akixito serebral anemiya (miya kamqonligi) sababli o‘zini betob his qilayotgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)