“O‘zmilliybank”ning “Milliy” mobil dasturi qayta ishga tushirildi, deb yozmoqda Spot.
Xabar qilinishicha, UzCard tavsiyalariga ko‘ra dasturning xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
Avvalroq UzCard dasturni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ygani xabar qilingan edi. Dastur xavfsizlik talablari va ta’minotchini Yagona umumrespublika protsessing markazi (YaUPM) tizimiga kiritish qoiadalariga javob bermagan.
“Milliy” — “O‘zmilliybank”ning mobil dasturi bo‘lib, 2017-yilning kuzida taqdim qilingan. Dastur orqali mablag‘larni kartadan kartaga o‘tkazish, turli banklar kartalarini biriktirish va boshqarish, shuningdek, mobil aloqa, televideniye, kommunal xizmatlar uchun to‘lov qilish mumkin.
Dastur birinchilardan bo‘lib notarius xizmati uchun to‘lov qilish imkonini taqdim qilgan. O‘tgan haftada servisda budjet to‘lovlarini amalga oshirish bo‘yicha yangi xizmatlar ishga tushirildi.
Izoh (0)