Marg‘ilon Mehribonlik uyi va Oqqo‘rg‘ondagi maktab-internetdagi shov-shuvlarga sabab bo‘lgan voqealardan so‘ng huquq-tartibot idoralari boshqa bolalar maxsus muassasalarida ham tekshiruvlarni boshladi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.
“Bu chindan ham juda xunuk holatlar. Ular endi takrorlanmaydi deb umid qilamiz. Prokuratura bu ikki ishni alohida nazoratga oldi. Shuningdek, respublikaning barcha Mehribonlik uylari va internatlarida nazorat kuchaytirildi. Ularda kameralar o‘rnatilmoqda. Rasman tekshiruvlar boshlandi deb ayta olmayman, biroq kuch tizimlari bu muassasalarga e’tiborni oshirgan”, — deya ta’kidladi Bosh prokuratura matbuot kotibi Surayyo Rahmonova.
Matbuot kotibiga ko‘ra, tekshiruvlar yakuni bo‘yicha bunga o‘xshash holatlar aniqlanmadi. Marg‘ilon Mehribonlik uyi va Oqqo‘rg‘ondagi maktab-internet ishi yuzasidan esa tergov davom etmoqda.
Izoh (0)