Joriy yil 1-iyuldan e’tiboran O‘zbekistonning Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi elchixonalari shtat jadvaliga savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimi kiritildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yili O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan tovar aylanmasi 253,9 million, Tojikiston bilan 237 million, Turkmaniston bilan 177,3 million dollarni tashkil etdi.
Ushbu davrda O‘zbekistonning mazkur davlatlar bilan umumiy tovar aylanmasi 668,2 million dollarni tashkil etib, 2016-yilga nisbatan deyarli 16 foizga oshdi.
Izoh (0)