Qozog‘istonning janubiy poytaxti — Olmaota shahrida yana tramvaylar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda KTK telekanaliga tayanib, “Nur.kz” xabar berdi.
Uch yil ilgari Olmaotada YTHlarning ko‘payishi oqibatida yengil relsli transportdan voz kechilgan. Vagon va relslar buzilib, metall chiqindisi sifatida topshirilgan edi.
Hozir tramvaylar masalasi yana kun tartibida. 2022-yilgacha tramvaylar qatnovini tiklash rejalashtirilmoqda.
Tramvay “Tole bi” ko‘chasi bo‘ylab harakatlanadi, uning jami 35 ta to‘xtash joyi bo‘ladi.
Loyihachilarning aytishicha, yangi tramvay yo‘llarini qurish va vagonlar sotib olishga 130 milliard tenge sarflanadi. Xarajatlarni davlat va tadbirkorlar o‘z bo‘yniga oladi.
Vagonlarning qayerdan sotib olinishi hozircha ma’lum qilinmagan. Ehtimol, vagonlar Fransiya, Germaniya yoki Kanadadan sotib olinadi.
Izoh (0)