AQSh Federal qidiruv byurosi 4-iyul — AQSh mustaqilligi kunida Klivlendda terakt uyushtirishni rejalashtirgan shaxs qo‘lga olinganini xabar qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Fox News telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Abdur Rahim Rahfiq nomi bilan ham taniqli bo‘lgan Demetrius Pitts ismli shaxs ko‘p bora “Al-Qoida”ni yoqlab gapirgan va AQSh harbiylarini yo‘q qilib tashlashga chaqirgan.
Erkak bayram kuni mushakbozlik chog‘ida olomon ichida bomba portlatishni rejalashtirgan. U terakt tayyorlash uchun shahar xiyoboni hamda yaqin oradagi qirg‘oq soqchiligi stansiyasidagi vaziyatni o‘rgangan.
Erkak 20 yilgacha qamoqqa hukm qilinishi mumkin.
Izoh (0)