Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikaning Aydaxo shtatida 30 yoshli Timmi Kinner ismli shaxs bolalar bayramiga pichoq bilan bostirib bordi va to‘qqiz kishini pichoqladi, deb xabar beradi New York Post.

Skrinshot: YouTube

Skrinshot: YouTube

Hodisa asosan Lotin Amerikasidan kelgan qochoqlar yashaydigan Boys shahridagi turar joy majmualaridan birida yuz bergan. Bolalar uch yashar qizchaning tug‘ilgan kunini nishonlashga kelgan. Kinner u yerga qanday borib qolgani noma’lum. U dastlab bolalarga hamla qilgan, kattalar ularni himoya qilishga uringan.

Natijada olti bola va uch nafar katta yoshli shaxs turli og‘irlikda jarohatlar olgan. Ular mahalliy kasalxonaga yetkazildi. To‘rt kishi og‘ir ahvolda.

Politsiya terakt versiyasini rad etib, bu “badjahl, ruhiy betayin odamning hujumi bo‘lgani”ni aytmoqda. Erkak avvalroq uni yomon xulqi uchun turar joy majmuasidan quvib yuborishgani o‘ch olish maqsadida kelgan bo‘lishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-dekabr kuni 156 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr