Bugun, 2-iyul sanasida futbol bo‘yicha Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionati nimchorak final o‘yinlari davom ettirilmoqda.
Kunning ilk o‘yini “E” guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Neymar yetakchiligidagi Braziliya hamda “F” guruhida Germaniyani qolib ketishida katta xizmat ko‘rsatgan Meksika terma jamoalari o‘rtasida kechdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi taymning 51-daqiqasida Villianning qanotdan oshirib bergan uzatmasini Neymar Gilyermo Ochoa qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ydi. 88-daqiqaga kelib Neymarning qanotdan yorib kirishi natijasida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Roberto Firmino bir teginish bilan to‘pni Ochoa darvozasiga yo‘llab, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Mazkur hisob o‘yin so‘ngiga qadar o‘zgarmay qoldi.
Shu tariqa Braziliya ham chorak finalga yo‘l oldi. “Daryo” so‘rovnomasi esa quyidagicha ko‘rinish oldi.
“Pentakampeonlar” bugun Belgiya—Yaponiya uchrashuvidan so‘ng o‘zining navbatdagi bosqichdagi raqibini bilib oladi.
Jahon Chempionati
1/4 final bellashuvlari
2-iyul, dushanba
Braziliya—Meksika 1:0
Gol: 1:0—51 Neymar, 2:0—88 Firmino.Braziliya: Alisson, Tiago Silva, Filipe Luis, Fagner, Miranda, Paulinyo (Fernandinyo, 80), Kazemiro, Koutinyo (Firmino, 86), Villian (Markinyos, 90), Neymar, Gabriel Jezus.
Meksika: Ochoa, Ayyala, Markes (Layyun, 46), Alvares (Dos Santos, 55), Salsedo, Guardado, Galyardo, Vela, Errera, Losano, Ernandes (Ximenes, 60).
Ogohlantirishlar: Alvares (38), Filipe Luis (43), Errera (55), Kazemiro (59), Salsedo (77).
Izoh (0)