Shu yilning 13–20-fevral kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari Isroil davlatida bo‘lgan edi. Tashrif doirasida O‘zMU va Holon texnologiya instituti o‘rtasida innovatsion o‘quv dasturlar ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, izlanishlar sohasida akademik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha rejalar ishlab chiqish, multidissiplinar dasturlarni yo‘lga qo‘yish, O‘zMU negizida Holon texnologiya universiteti fakultetini tashkil etish yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolangan edi, deb yozadi O‘zA.
Holon texnologiyalari universiteti GIS loyihasi va ilm-fanni loyihalash fakulteti koordinatori Mark Isroil kelishuvga muvofiq O‘zMUga tashrif buyurdi.
14 kunga mo‘ljallangan darslarda Mark Isroil o‘quv jarayonida AKT va Geologik tadqiqotlar uchun yangi tajriba mahoratini shakllantirishga oid tadqiqotlari bilan tanishtirmoqda.
Isroillik mutaxassis bo‘lg‘usi matematik, geolog va geograflarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob qaytarmoqda.
Izoh (0)