HBO telekanalining “Taxtlar o‘yini” serialida Sansa Stark rolini ijro etgan aktrisa Sofi Tyorner shouning oxirgi mavsumi qanday bo‘lishi haqida o‘z fikrlarini aytib o‘tdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Aktrisa syujet haqida hech narsa demasa ham, umuman olganda so‘ngi mavsumda ko‘p qon to‘kilishi hamda unda hissiyot, azob ko‘p bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.
Gold Derby jurnaliga bergan intervyusida Tyorner, shuningdek, qahramonlar yaqinlashayotgan halokat oldida birlashishini aytib o‘tdi.
Izoh (0)