O‘zbekistonda joriy yil 1-avgustidan boshlab Markaziy bank zaxirasidagi qimmatbaho metalldan yasalgan tangalar sotuvga chiqariladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Davlat rahbarining joriy yil 7-iyundagi qarorida bu qayd etilgan bo‘lib, ularni sotish va qayta sotib olish tartibini o‘rnatish vazifasi topshirilgan.
Bu kelgusida milliy valyutani xorijlik investorlar, numizmatiklar tomonidan katta qiziqish bilan xarid qilinishiga zamin yaratadi. Qolaversa, O‘zbekistonga keladigan sayyohlar oqimi ortishi, mamlakat tarixi va madaniyatini tanitishga sharoit tug‘diradi.
Izoh (0)