Xorazm viloyatida namunali jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish maqsadida Xorazm viloyati IIB patrul-post xizmati batalyoni tarkibida velosipedli patrullik guruhlarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Daryo”ga idora vakillari ma’lum qildi.
Velosipedda patrullik qilish ichki ishlar xodimlari uchun tungi paytlarda ko‘p qavatli uylarning oldida harakatlanishda ortiqcha shovqin chiqarmasligi, shuningdek yo‘lakchalardan harakatlanish imkoniyatining mavjudligi bilan qulaylik yaratmoqda.
Bundan tashqari ilgari piyoda patrullikni amalga oshirib kelgan xodimlar velosipedli patrullik guruhlariga aylantirilishi natijasida ularning xizmat hududlarini kengaytirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Patrul-post xizmati logatipi tushirilgan ushbu velosipedlar xodimlarning ish qurollari va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar uchun mo‘ljallangan maxsus quticha bilan jihozlangan.
Izoh (0)