Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili Olmazor tumanida bo‘lganida Toshkent o‘yinchoqlari fabrikasi negizida yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriq bergan edi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Davlat rahbari ushbu fabrikaga tashrif buyurib, bajarilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Bu yerda “NBU Investment” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashabbuskor-investorlar bilan birgalikda 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Toy’s City, “O‘yinchoqlar Fabrikasi”, Funny Kids World, National Products va United Nation company kabi mazkur korxonalarda bolalar uchun kiyim-kechaklar, turli buyumlar va o‘yinchoqlar ishlab chiqariladi. Ularda jami 920 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.
Bugungi kunda Toy’s City korxonasi ishga tushirilgan bo‘lib, 70 ga yaqin mahsulot tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
Shavkat Mirziyoyev mazkur korxonada o‘yinchoqlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.
Izoh (0)