Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida Nexia haydovchisi velosipedda kelayotgan italiyalik turistni urib yubordi. Bu haqda Buxoro IIB jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi “Daryo”ga xabar berdi.
Turist Italiyaning Milan shahrida yashovchi, 1981-yili tug‘ilgan Gabriel Simone ekani xabar qilingan.
Simone turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga olib ketilgan.
YTH yuzasidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)