2018-yil 29-iyun kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida shahar hokimi Muzaffar Hoshimov bilan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi xabar berdi.
Uchrashuv davomida tumandagi yosh tadbirkorlarga 50 million so‘m miqdoridagi kredit olish huquqini beruvchi sertifikatlar, fan olimpiadalari g‘oliblariga sovg‘a va faxriy yorliqlar topshirildi.
Ta’kidlanishicha, 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan respublikaning barcha hududlarida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, viloyat, tuman va shahar hokimliklari, shuningdek, vazirlik va idoralar tomonidan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)