Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Biroz oldin futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionatining so‘nggi “G” guruhida ham 3-tur o‘yinlariga yakun yasaldi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Mazkur guruhda deyarli hamma narsa hal bo‘lib ulgurgan edi. Ya’ni, Angliya va Belgiya muddatidan avval keyingi bosqichga chiqqan. Faqat ular o‘zaro bahsda guruh g‘olibi nomiga aniqlik kiritib berishi lozim edi.

Uchrashuv taqdiri ikkinchi bo‘limning 51-daqiqasida Adnan Yanuzay tomonidan hal etildi. Uning kiritgan goli o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmay qoldi va shu tariqa Belgiya guruhni peshqadam sifatida yakunladi.

Guruhning qolgan ikki jamoasi — Panama hamda Tunis termalari esa shunchaki rasmiyatchilik uchun maydonga chiqqan o‘yinda tunisliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Foto: FIFA

Foto: FIFA

Jahon Chempionati

“G” guruhi, 3-tur bellashuvlari

28-iyun, payshanba

Angliya—Belgiya 0:1

Gol: 0:1—51 Yanuzay.

Panama—Tunis 1:2

Gollar: 1:0—33 Yossin, 1:1—51 Ben Yussuf, 1:2—66 Hazri.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Android telefonlarda zilziladan ogohlantiruvchi funksiyani yoqish usuli (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda Ramazon oyi 23-martdan boshlanadi
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim