O‘zbekiston TIV tomonidan “Amerika ovozi” teleradiosi jurnalisti Navbahor Imomovaga akkreditatsiya guvohnomasi topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
— O‘zbekistonni ichkaridan yoritish uchun imkoniyat bor endi. Vaqti-vaqti bilan kelib materiallar uzataman, — deydi Navbahor Imomova. — Bu degani O‘zbekistondagi mavjud holat, hukumatning islohotlari real faktorlarga asoslanganmi-yo‘qmi, odamlarning o‘zgarishlarga, siyosatga munosabati, turmush-tarzi, barcha-barchasi haqida dunyoga “Amerika ovozi” O‘zbekistondan, voqealar markazidan turib ko‘rsatadi, solishtiradi, ta’riflaydi, tahlil qilib beradi. O‘zbek OAVsi ham asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da, ochilayotgan ekan, biz ham hamkorlikka tayyormiz.
Ma’lumot uchun, “Amerika ovozi” 45 tilda efirga chiqadi. O‘zbek xizmati AQSH poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo‘ylab jamoatchi muxbirlarga ega.
Izoh (0)