Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida senatorlar “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish masalasini ham muhokama qiladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, to‘ylarni tartibga solish masalasi O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining 2018-yilning 29-mart kuni bo‘lib o‘tgan XIV yalpi majlisida ham muhokama qilingan edi. Senatorlar ushbu qonun loyihasini takomillashtirish zarurligi va bu borada respublika komissiyasini tuzishga oid taklifni bildirgan edi.
“Oilaviy marosimlar bilan bog‘liq Senat qarori loyihasini takomillashtirishda tegishli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari faol ishtirok etishi, har bir o‘zbekistonlikning ushbu masala yuzasidan fikri eshitilishi zarur”, — degan edi Senatning Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Gavhar Alimova.
Izoh (0)