Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hozirgina futbol bo‘yicha Rossiya maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionati “E” guruhida so‘nggi tur o‘yinlari yakunlandi.

Foto: FIFA

Foto: FIFA

Jahonning besh karra chempioni bo‘lgan Braziliya guruhdan chiqish uchun Serbiya bilan kurash olib bordi. Uchrashuvda hisob 36-daqiqada Paulinyo tomonidan ochildi. Ikkinchi bo‘limning 68-daqiqasida Tiago Silva Neymarning uzatmasini golga aylantirib o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvi esa Shveysariya hamda Kosta-Rika jamoalari o‘rtasida kechdi. O‘yinda 2:2 hisobidagi jangovar durang natijasi qayd etildi.

“E” guruhidan Braziliya 7 ochko bilan 1-o‘rinda, Shveysariya esa 5 ochko bilan 2-o‘rinda 1/8 finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Serbiya esa 3 ochko bilan guruhda uchinchi bo‘ldi. Kosta-Rika esa mundialni 1 ochko bilan yakunladi.

Foto: FIFA

Foto: FIFA

Jahon Chempionati

“E” guruhi, 3-tur bellashuvlari

27-iyun, chorshanba

Serbiya—Braziliya 0:2

Gollar: 0:1—36 Paulinyo, 0:2 — 68 Tiago Silva.

Serbiya: Stoykovich, Rukavina, Milenkovich, Velkovich, Kolarov, Milinkovich-Savich, Matich, Tadich, Lyayich (Jivkovich, 75), Kostich (Radonich, 82), Mitrovich (Yovich, 89).

Braziliya: Alisson, Fagner, Tiago Silva, Miranda, Marselo (Filipe Luis, 10), Paulino (Fernandinyo, 66), Kazemiro, Koutinyo (Renato Augusto, 80), Villian, Gabriel Jezus, Neymar.

Ogohlantirishlar: Lyayich (33), Matich (48), Mitrovich (70).

Shveysariya—Kosta-Rika 2:2

Gollar: 1:0—31 Jemaili, 1:1—56 Uatson, 2:1—88 Drmich, 2:2—90+2, avtogol Zommer.

Shveysariya: Zommer, Lixtshtayner, Sher, Akanji, Rodriges, Bexrami (Zakariya, 60), Jaka, Shakiri (Lang, 81), Jemaili, Embolo, Gavranovich (Drmich, 69).

Kosta-Rika: Navas, Akosta, Gonsales, Uoston, Gamboa (Smit, 90), Borxes, Gusman (Asofeyfa, 90), Ovyedo, Kolindres (Uolles, 81), Ruis, Kempbell.

Ogohlantirishlar: Gamboa (11), Kempbell (29), Lixtshtayner (37), Zakariya (75), Sher (83), Uoston (89).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“Real” Karim Benzemaning ketishini rasman e’lon qildi
Shou-biznes
Beyonse va Jey Zining “Milliarderlar jannati”da joylashgan 200 mln dollarlik uyi qanday ko‘rinishga ega? (foto)
Dunyo
Belgradda hukumatga qarshi namoyishlar o‘tkazilmoqda