• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev: Ommaviy axborot vositalari so‘zda emas, amalda “to‘rtinchi hokimiyat” darajasiga ko‘tarilishi zarur

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati soha vakillariga tabrik yo‘lladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Matni Prezident matbuot xizmati tomonidan keltirilgan tabrikda shunday deyiladi:

    “Qadrli do‘stlar!

    Avvalambor, siz, azizlarni, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan muhtaram faxriylarimizni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etish, barchangizga chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildirish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

    Jamiyatimizda demokratik qadriyatlarni qaror toptirish, fuqarolarimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, dunyoda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, voqea-hodisalar haqida tezkor va haqqoniy ma’lumotlar yetkazish borasida siz, matbuot ahlining fidokorona mehnat qilayotganingizni xalqimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.

    Sizlar kabi ming-minglab olijanob kasb egalarining sa’y-harakatlari, iste’dod va mahorati bilan mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xalqimiz hayotiga, uning quvonch va tashvishlariga tobora yaqin bo‘lib, O‘zbekistonning yangi, demokratik qiyofasini shakllantirishda g‘oyat muhim rol o‘ynamoqda.

    Mustaqillik yillarida mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarining soni qariyb 4 barobar ko‘payib, 1500 taga yetgani ushbu tarmoqda o‘sish, o‘zgarish jarayonlari izchil davom etayotganidan dalolat beradi.

    Eng muhimi, soha rivojida ana shunday miqdor o‘zgarishlari bilan birga sifat o‘zgarishlari ham yuz bermoqda. Buning tasdig‘ini milliy media maydonimizda fuqarolik jamiyatining muhim sharti bo‘lgan nodavlat ommaviy axborot vositalari tarmog‘i kengayib, samarali faoliyat ko‘rsatayotgani, internet jurnalistikasi jadal rivojlanib borayotgani misolida yaqqol ko‘rish mumkin.

    Keyingi paytda ommaviy axborot vositalari xodimlarining demokratik jarayonlar, fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi o‘rni va nufuzini, mahalliy gazetalar, tele-radiokanallarning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, eng asosiysi, matbuotda fikrlar, qarashlar xilma-xilligini ta’minlash bo‘yicha jiddiy ishlar amalga oshirilgani sizlarga yaxshi ma’lum, albatta.

    Gazetalarimiz, tele-radiokanallarimizda oshkoralik, tahlil va xolis tanqid ruhi kuchaygani, bevosita xorijiy mamlakatlardan tayyorlanayotgan materiallar soni ortib borayotganini biz har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz.

    Bugun biz dunyodagi uzoq-yaqin davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlab, yurtimizdagi demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirishga intilar ekanmiz, boshqa sohalar qatori ommaviy axborot vositalari faoliyati bo‘yicha ham hali ko‘p ish qilishimiz kerakligini yaxshi tushunamiz. Ommaviy axborot vositalari so‘zda emas, amalda ‘to‘rtinchi hokimiyat’ darajasiga ko‘tarilishi zarur. Bu — zamon talabi, islohotlarimiz talabi.

    Birinchi navbatda media tarmoqlari faoliyati samarasini oshirish, ularni xalq bilan muloqotning ishonchli vositasiga aylantirish, zamonaviy axborot xizmatlari bozorini, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish singari dolzarb masalalar doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lishi kerak.

    Shu maqsadda parlamentimiz tomonidan amaldagi qonun hujjatlariga axborot sohasini yanada demokratlashtirish va rivojlantirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha faol ish olib borilayotgani ayniqsa e’tiborlidir.

    Bu borada O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, qalam haqi miqdorini oshirish, ijodiy jamoalar bilan yirik kompaniyalar va xo‘jalik birlashmalari, banklar o‘rtasida ‘do‘stlar klublari’ni tashkil etishga qaratilgan amaliy ishlarimizni ta’kidlash lozim.

    Ommaviy axborot vositalari uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yaqinda katta umidlar bilan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etganimizdan xabaringiz bor.

    Ushbu oliy ta’lim maskani sohada erishilgan yutuqlarni har tomonlama o‘rganish, jurnalistika fani, uning ilmiy-nazariy asoslarini, zamonaviy mediatexnologiyalarni chuqur o‘zlashtirish, xalqaro standartlar darajasidagi yuqori malakali kadrlar tayyorlash imkonini beradi.

    Hech shubhasiz, ommaviy axborot vositalari sohasida amalga oshirilayotgan ana shunday ishlarning barchasi O‘zbekiston jurnalistikasining jahon axborot maydonida munosib o‘rin egallashi uchun mustahkam poydevor yaratadi.

    Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

    Hozirgi vaqtda hayotimizda amalga oshirilayotgan modernizatsiya va yangilanish jarayonlarining tub mohiyatini xalqimizga yetkazish, odamlarni yangi marralar sari safarbar etish, oldimizga qo‘ygan vazifalarni sifatli amalga oshirishda sizlarning ta’sirchan so‘zingiz, faol grajdanlik pozitsiyangiz suv bilan havodek zarur.

    Haqiqatan ham, har qanday murakkab sharoitda ham adolat tamoyiliga, o‘zining hayotiy va ijodiy prinsiplariga sodiq qolish, odamlarni qiynayotgan kamchilik va muammolarni dadillik bilan ko‘tarib chiqish, ularni bartaraf etish uchun jamoatchilik fikrini shakllantirishga, avvalo, sizlar kabi ma’naviy jasorat egalarigina qodir bo‘ladi.

    Biz jamiyatimizda oshkoralik, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashda, huquqiy demokratik davlat asoslarini mustahkamlashda sizlarga, sizlarning bilim va iste’dodingizga tayanamiz.

    Ayniqsa, hayot va kasb tajribangizni yoshlarga o‘rgatish, ularni zamonaviy fikrlaydigan, Vatan va xalq manfaatini muqaddas deb biladigan, sog‘lom va barkamol insonlar etib tarbiyalashda ko‘pchilikka o‘rnak va namuna bo‘lasizlar, deb ishonaman.

    O‘z-o‘zidan ravshanki, mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xodimlarining ish va turmush sharoitlarini yaxshilash, ularning mashaqqatli va mas’uliyatli mehnatini munosib baholash va rag‘batlantirish, soha rivojiga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish bundan buyon ham biz uchun ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.

    Aziz va muhtaram do‘stlar!

    Sizlarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.

    Barchangizga sihat-salomatlik, ezgu faoliyatingizda yutuq va omadlar, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman”.

    27.06.2018, 16:10   Izoh (0)   18239
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi tashkil etilganiga 1 yil to‘ldi (foto)

    27.06.2018, 15:35

    Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar uchun 300 million dollar ajratdi

    27.06.2018, 14:27

    Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan Qurolli Kuchlar faxriylari o‘rtasida bellashuv o‘tkazildi (foto+video)

    27.06.2018, 14:11

    O‘zbekistonda 28-iyun kuni havo harorati +39 darajagacha isiydi

    27.06.2018, 13:26

    Samarqandda qaynonasini vahshiylarcha o‘ldirgan kelin qamoqqa olindi

    27.06.2018, 13:10

    Xorijdagi o‘zbekistonlik ekspertlar Toshkentda O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasini muhokama qiladi

    27.06.2018, 11:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
    Audio Icon

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    13 avgust, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidagi “Tul” nazorat-o‘tkazish punkti vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 18:20

    Alina Kabayeva yashaydigan Putin qarorgohida havo mudofaasi kuchaytirildi — OAV

    Dunyo | 13 avgust, 18:10

    Tez ayniydi: muzlatkich eshigida saqlash mumkin bo‘lmagan 7 ta mahsulot

    Layfstayl | 13 avgust, 18:00

    Joriy yilda 5,2 mln fuqaroni ish bilan taʼminlash rejalashtirilgan — Obid Hakimov

    O‘zbekiston | 13 avgust, 17:54

    “Barselona” Dani Olmoga narx belgiladi

    Sport | 13 avgust, 17:50

    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

    Reklama | 13 avgust, 16:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.