Bloomberg axborot agentligi asoschisi Maykl Blumberg 2020-yilda AQSh prezidenti saylovida qatnashishi mumkin, deb yozadi “Gazeta.ru”.
CBS News telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Blumberg saylovda demokratik partiyadan ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
Ta’kidlanishicha, Blumberg 2016-yilgi saylovlarda AQShning joriy prezidenti Donald Tramp ustidan g‘alaba qozongan bo‘lishini aytgan.
Nashr eslatishicha, 2016-yilda Blumberg saylovda Hillari Klinton g‘olib chiqsa, davlat kotibi lavozimini egallash istagini bildirgan.
Izoh (0)