Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekistonga xorijdagi jismoniy shaxslardan 949,4 million dollar pul o‘tkazmalari kelib tushgan. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Rezidentlar tomonidan olib kirilgan naqd xorijiy valyutani hisobga olganda umumiy summadan 481,3 million dollar yoki 50 foizi transferlarga kiritildi.
Transchegara pul o‘tkazmalarining asosiy ulushi Rossiya (77,2 foiz), Turkiya (5,1 foiz), Qozog‘iston (4,2 foiz), AQSh (3,8 foiz) va Koreya Respublikasiga (2,3 foiz) to‘g‘ri keldi.
Markaziy bank mamlakat rezidentlarining chet eldagi daromadlarini 1,5 milliard dollarga baholadi.
Izoh (0)