Avval xabar berganimizdek, Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov tizimga oid yangiliklar, istiqboldagi rejalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida brifing o‘tkazmoqda.
—Tadbirkorlarimiz to‘yxonalar, do‘konlarga emas, ta’lim rivoji, ota-onalar esa farzandining yaxshi o‘qishi uchun sarmoya kiritsa, shunga jon koyitsa, ko‘zlagan maqsadlarimizga tezroq erishamiz.
Asosiy niyatimiz ta’lim sifatini yaxshilash! Ilgari bolalarimizdan kelajakda kim bo‘lmoqchisan, deb so‘ralsa,“o‘qituvchi“ deb javob berardi. Hozir esa “biznesmen bo‘laman“, deydi. Majburiy mehnatga chek qo‘yish, o‘qituvchining nufuzini yuksaltirish eng muhim shiorimiz“, — dedi Sherzod Shermatov.
Izoh (0)