24-iyun kuni Samarqand shahrida bedarak yo‘qolib qidiruvda bo‘lgan, Chilustun mahallasida yashagan 76 yoshli X.A. ism-sharifli ayolning jasadi shu kuni “Yangiobod” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Siyob kanalidan turli jarohatlar bilan topilgan edi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Foto: “Xalq so‘zi”

Olib borilgan tekshirish ishlari natijasida marhuma X.A.ning birga yashovchi 36 yoshli kelini Sh.A. shu yil 14-iyun kuni uyida o‘zaro janjal oqibatida qaynonasi X.A. tanasining turli joylariga pichoq bilan urib, o‘ldirganligiga iqror bo‘ldi.

U shundan so‘ng jinoyatni yashirish maqsadida pichoq va jasadni sellofan paket hamda gilamga o‘rab, yashash uyining yerto‘lasiga olib tushib saqlab kelgan. 19-iyun kuni esa Siyob kanaliga tashlab yuborgan.

Jinoyatga qo‘l urgan kelin hibsga olindi.