Meizu kompaniyasi shu yilning aprelida Meizu 15 “yubiley” smartfonlari lineykasini taqdim etgan edi. Kompaniya bosh direktori Jek Vong flagmanning yangi avlodi avgustda, yarim yildan keyinoq namoyish etilishini tasdiqladi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.
Shu munosabat bilan internetda smartfonlar haqida tafsilotlar paydo bo‘lmoqda. Ularga ko‘ra, yangi avlod dizayni deyarli o‘zgarmaydi. Displey atrofidagi romlar biroz kichrayadi, pastki paneldan barmoq izi skaneri o‘rnatilgan Home tugmasi olib tashlanadi. Barmoq izi skaneri yon tomonga ko‘chirilishi yoki ekran ostiga o‘rnatilishi mumkin. Orqa panel Meizu 15 nikiga o‘xshash.
Smartfon ikki xil modifikatsiyada chiqariladi — Snapdragon 710 protsessorli oddiy model va Snapdragon 845 li flagman. Lineykadagi eng arzon model 4000 yuan (610 dollar) bo‘lishi hozirdan ma’lum.
Izoh (0)