Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Venesuela vitse-prezidenti Delsi Rodriges va quruqlikdagi kuchlar qo‘mondoni Xesus Suares Chourio Yevropa Ittifoqi sanksiyaviy ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda 25-iyun, dushanba kuni e’lon qilingan hujjat guvohlik bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Yevropa Ittifoqi 25-iyun kuni Venesuelaga nisbatan sanksiyalarni kengaytirib, inson huquqlarini buzish va “demokratiyani barbod qilish” uchun javobgar deb hisoblagan 11 nafar mansabdorning ismlarini sanksiyaviy ro‘yxatga kiritdi.

“Delsi Rodriges Gomes Venesuela Bolivarian Respublikasi vitse-prezidenti. Uning prezidentlik komissiyasidagi, keyinchalik noqonuniy Ta’sis majlisi raisi sifatidagi harakatlari Venesueladagi demokratiya va huquq ustuvorligini barbod qildi”, — deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, sanksiyaga kirilgan 11 nafar mansabdor shaxs orasida Bolivarian respublikasi quruqlikdagi kuchlar qo‘mondoni Xesus Suares Chourio, sanoat va milliy ishlab chiqarish vazirligi rahbari Tarek El-Aissami, Bolivarian milliy qurolli kuchlar bosh inspektori Serxio Rivero Markano, Harbiy kontrrazvedka bosh boshqarmasi rahbari Ivan Ernandes Dala, Milliy saylov kengashi vitse-prezidenti Sandra Oblitas ham bor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda voyaga yetmagan bola boshqaruvidagi Matiz harakatsiz turgan Lada bilan to‘qnashdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda 4-iyun kuni havo harorati 39 darajagacha ko‘tariladi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentining inauguratsiya marosimida ishtirok etadi