Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida 23-iyun kuni Toshkent shahri, Yunusobod tumanida yashovchi U.S. Nexia mashinasida Guliston mahallasidan o‘tuvchi M-39 yo‘lining 1394-kilometrida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
U qarshisidan kelayotgan Uchyog‘och mahallasida yashovchi K.X. boshqaruvidagi Tico bilan to‘qnashuv sodir etdi.
YTH oqibatida Tico yo‘lovchilari — Zarabog‘ mahallasida yashagan A.R. va Poshxurt mahallasida yashagan B.Q. olgan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘ldi.
Hozirda mazkur hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)