Qozog‘istonning Turkiston viloyatida ro‘y bergan YTHda o‘zbekistonlik yo‘lovchilar ham jabr ko‘rgan, deya UzNews xabar bermoqda.
Sariyog‘och—Chimkent yo‘lida avtomashina Sang Yong Istana mikroavtobusi bilan to‘qnashib ketgan. Voqea guvohlarining aytishicha, yengil avtomashina “uchib kelib” mikroavtobus bilan to‘qnashgan.
Xabar qilinishicha, mikroavtobusning 10 nafar yo‘lovchisidan 4 nafari o‘zbekistonlik bo‘lgan.
YTH natijasida 10 kishi jarohatlangan, ulardan uch nafari halokat joyida vafot etgan.
YTHda jabrlanganlarning barchasi Chimkentdagi shifoxonaga, xususan, ulardan uch nafari jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
O‘zbekistonlik yo‘lovchilarning o‘limi bilan bog‘liq hozircha hech qanday rasmiy ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)