FIFA tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi so‘rovnomada Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares mezbon Rossiyaga qarshi kechgan uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi.
Urugvay—Rossiya bahsida hisob Luis Suares tomonidan 10-daqiqada ochildi. U jarima zarbasidan Igor Akinfeyev darvozasini ishg‘ol qildi. Yakunda esa urugvayliklar Rossiyani 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa Urugvay “A” guruhida 1-o‘ringa ega chiqdi. Rossiya esa guruh bosqichini ikkinchi o‘rinda yakunladi. Bugun ikkala jamoa ham “B” guruhi o‘yinlari yakuniga yetgach o‘z raqiblarini bilib oladi.
Izoh (0)