• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Dunyodagi eng g‘aroyib bekatlar (foto)

    O‘zAda jurnalist Sharofiddin To‘laganovning Buyuk Britaniyadagi g‘aroyib ko‘rinishga ega bekatlar haqidagi maqolasi chop etildi. Quyida maqola to‘lig‘icha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Xalqimizda “Yaxshilik qil daryoga tashla” degan maqol bor. Bu maqolni boshqa xalqlar “Yaxshilik qil-u, ko‘rinma” deya talqin qilishadi.

    Buyuk Britaniyaning chekka bir qishlog‘ida noma’lum shaxs mana shu maqolga amal qildi. U qishloq aholisining og‘irini yengil qilish maqsadida noodatiy avtobus bekati qurdi. Bu kabi savob ishdan qishloqliklarning boshi osmonga yetdi. Chunki bekat ko‘p yillar mobaynida tashlandiq holda edi. Endilikda Angliya janubiy- g‘arbida joylashgan Devon grafligidagi Uelxempton qishlog‘i aholisi haqli ravishda faxrlanmoqda. Devon bir qator anana va urf-odatlarning vatani hisoblanadi. Artur Konan Doylning Sherlok Xolmsga bag‘ishlangan asarlari turkumiga kiruvchi “Baskervillar iti” asaridagi voqealar Devon grafligida bo‘lib o‘tadi.

    Endilikda aynan mana shu bekat orqali qishloqning nomi dunyoga mashhur bo‘ldi. Toshdan qurilgan mo‘jazgina avtobus bekati xuddi turar joy binosidagi xonalarni eslatadi. Bekat xuddi qadimgi Angliyadagi uylarni yodga soladi. Bu yerda kreslo, tuvaklarga ekilgan gullar bor. Xonadagi o‘rindiqlarga yostiqlar qo‘yilgan. Devorga esa kartinalar osib qo‘yilgan. Avtobuslarning bekatga qachon kelishi haqidagi ma’lumot qadimiy usulda ishlangan yog‘och ramkaga joylashtirilgan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Muxbirlarning aytishicha, shu tariqa jahondagi eng shinam avtobus bekati paydo bo‘ldi. Hozircha bu noyob bekat kim tomonidan qurilgani aniq emas. Qishloq ahli noma’lum dizaynerni “mahalliy Benksi” deb atamoqda va o‘zlariga cheksiz yaxshi kayfiyat sovg‘a qilgani uchun unga minnatdorchilik bildirishmoqda. Bu haqda The Daily Mail gazetasi ma’lum qildi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Ma’lumki, dunyo shaharlaridagi avtobus bekatlari ko‘rinishi turlicha bo‘lgani bilan deyarli bir xil vazifani bajaradi. Bekatlar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

    AQShning Baltimor shahrida maktab avtobusidan haykaltarosh Kristofer Fennell g‘aroyib bekat yaratdi. Bekat o‘rindiqlari ham avtobusnikidir. Londonning Ridjent strit tumanida LEGO o‘yinchog‘iga o‘xshash bekat qurilgan. Buning uchun 100 mingta detal ishlatildi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Yaponiyaning Konagai shahridagi avtobus bekatlari jahonda tengsiz ekani tan olinadi. Bu shaharda bekatlar meva va sabzavotlar ko‘rinishida qurilgan. Bekatlar avvaliga sayyohlarni jalb qilish maqsadida 1990-yilda o‘tkazilgan Trevel Ekspo (Garden and Greenery Exposition) ko‘rgazmasi uchun qurilgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay bu bekatlar shaharning diqqatga sazovor maskanlari qatoridan o‘rin oldi. “Mevali bekatlar” nomi esa dunyoga doston bo‘ldi. Trevel Ekspo ko‘rgazmasi boshlanishidan olti oy muqaddam Osaka shahriga 23 milliondan ortiq kishi tashrif buyurdi. Shu sababli Yaponiya bo‘ylab shu kabi yarmarkalar o‘tkazishga qaror qilindi. Konagai shahridagi ko‘rgazma “Nagasakiga sayohat” deb nomlandi va 16 ta mevaga o‘xshash bekat qurildi. “Mevali bekat”lar 2005-yilda Osaka to‘rtta shahar bilan qo‘shilganidan so‘ng yanada mashhur bo‘ldi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Ko‘rgazma yakunlanganiga qaramay mahalliy aholi bekatlarni asl holicha qoldirishga qaror qildi. Chunki meva va sabzavotlarga aholi o‘rganib qoldi. Tanishingiz sizning qayerdaligingizni bilmoqchi bo‘lsa, “Tarvuz yoki Qovun bekatidaman” deya javob berish shaharliklarga yoqib tushgan edi. Ikkinchidan sayyohlar ham bekatlarga qiziqib qolishdi. Do‘konlarda bekatlar tasviri tushirilgan yoki bekatlar ko‘rinishdagi suvenirlar paydo bo‘ldi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Toshkentimiz yildan yilga go‘zallashib bormoqda. So‘nggi vaqtlarda nafaqat jamoat transportidan foydalanuvchilar, balki xususiy avtomobil egalari ham poytaxtimizdagi avtobus bekatlariga e’tibor qaratishmoqda. Bunga bekatlarga konditsionerlar o‘rnatilayotgani, avtobuslarning qachon kelishi va qachon ketishini bildiruvchi televizorlar bilan jihozlanayotgani, shahrimizning me’moriy ko‘rinishi go‘zallashayotgani sabab bo‘lmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, yo‘lovchilarning og‘irini yengil qilish maqsadida barcha choralar ko‘rilmoqda.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA
    25.06.2018, 14:56   Izoh (0)   54428
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Mobiuz "MazzaFest"da yangi "Mazza" va "Mazza 2.0" tarif rejalarini taqdim etadi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sevimli multfilm qahramonlarimizning dastlabki eskizlari qanday bo‘lgan?

    Layfstayl | 14 may, 08:58

    Fransiya Yevropaga “yadroviy soyabon” bo‘lishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 14 may, 08:36

    Holand avtoparkini yana bir qimmatbaho mashina bilan boyitdi (foto)

    Sport | 14 may, 08:25

    Germaniyada o‘zini qirol deb e’lon qilgan shaxs qamoqqa olindi

    Dunyo | 13 may, 23:40

    “Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

    Dunyo | 13 may, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 may, 23:10

    Falastinning normal hayotga qaytishi uchun 15 yil kerakligi ma’lum qilindi

    Dunyo | 13 may, 22:55

    Maʼmuriy sudlar tomonidan uch oyda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq qancha ish ko‘rilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.