Saudiya Arabistoni ayollari, transport vositalarini o‘zlari boshqarishi imkonini beruvchi qirol ruxsati kuchga kirgandan so‘ng, 24-iyun, yakshanba tongida o‘z avtomobillarida qirollik shaharlari ko‘chalariga ommaviy chiqa boshladi. Bu haqda “Sputnik O‘zbekiston” xabar bermoqda.
Arabiston sun’iy yo‘ldosh telekanallari avtomobil boshqarish uchun ruxsat kuchga kirgan ilk daqiqalardanoq ayollarning o‘z mashinalarida ko‘chaga chiqishi aks etgan videoni tayyorladi.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning sentabrida qirol ayollarga avtomobil boshqarishga ruxsat beruvchi farmon chiqardi. Saudiya Arabistoni ayollarga avtomobil boshqarish uchun taqiq amal qilgan dunyodagi yagona mamlakat edi. Farmon 24-iyun kuni kuchga kirdi.
Izoh (0)