Rossiya kosmik sohada AQSh bilan hamkorlik, shu jumladan Oyni birgalikda o‘zlashtirish bo‘yicha rejalarini davom ettiradi. Bu haqda “Roskosmos” rahbari Dmitriy Rogozin ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
2017-yilda Rossiya va AQSh oy yaqinida orbital stansiyani barpo etish haqidagi rejalar to‘g‘risidagi memorandumni imzolagan edi.
“Oyning bu yo‘lagi orqali barcha izma-iz yurib o‘tishi muhim. Bir qadam chapga yoki bir qadam o‘ngga yurish shtatdan tashqari vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun amerikaliklar bilan hamkorlik qilmoqdamiz”, — dedi Rogozin RT telekanaliga.
“Hamkorlikni bundan keyin ham davom ettiramiz. Fazo, hozircha, sanksiyalardan tashqari sohaligicha qolmoqda”, — deya ta’kidladi u.
Izoh (0)