• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan rezolyutsiyani qabul qildi

    Joriy yil 22-iyun kuni BMT Bosh Assambleyasining yalpi majlisida “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasi qabul qilindi. Loyihasi O‘zbekiston tomonidan Markaziy Osiyodagi qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ushbu hujjatni BMTga a’zo barcha davlatlar bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi.

    Twitter@ / Baxtiyor Ibragimov

    Twitter@ / Baxtiyor Ibragimov

    O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida qayd etilishicha, rezolyutsiyaning qabul qilinishi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil sentabr oyida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan tashabbusning amaliy ijrosi hisoblanadi. O‘zbekiston rahbari o‘z chiqishida 2017-yil noyabr oyida Samarqandda BMT shafeligida Markaziy Osiyo bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro anjuman o‘tkazilishini ma’lum qilib, uning yakunlari bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlikni ta’minlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga doir maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etdi.

    Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Osiyo va Afrikaning 55 davlati ushbu rezolyutsiya hammualliflari bo‘ldi. Ular orasida Avstraliya, Avstriya, Afg‘oniston, Belarus, Germaniya, Italiya, Hindiston, Indoneziya, Kanada, Nigeriya, Norvegiya, BAA, Janubiy Koreya, Singapur, Turkiya, Shveysariya, Ekvador va boshqa mamlakatlar bor. Hujjatni ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlashuvlarda Markaziy Osiyoning barcha yetakchi hamkor davlatlari, jumladan, Rossiya, Xitoy, AQSh va Yevroittifoq mamlakatlari faol va konstruktiv tarzda ishtirok etdi.

    Rezolyutsiyada Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqada tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi muhim roli e’tirof etiladi. Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik va taraqqiyot sohalaridagi mintaqaviy va xalqaro tashabbuslari alohida qayd etiladi.

    Hujjatda Bosh Assambleya mintaqa mamlakatlari tomonidan Markaziy Osiyoda barqarorlik va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlar va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashi bayon etiladi. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahatlashuv uchrashuvlarini muntazam tashkil qilish bo‘yicha tashabbuslari mintaqa doirasida qo‘llab-quvvatlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan holda, rezolyutsiya bunday maslahatlashuvlar platformasidan mintaqaning dolzarb muammolarini birgalikda hal etish yo‘lida samarali foydalanishga da’vat etadi. Hujjatda 2018-yil 15-mart kuni Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ilk sammiti o‘tkazilgani e’tirof etiladi.

    Rezolyutsiyada Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash, suv va energiya manbalaridan unumli va kompleks foydalanish, Orol dengizi qurishi bilan bog‘liq ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy asoratlarni yumshatish, mintaqada zamonaviy transport va tranzit tizimini tashkil etish, ma’rifat, fan, texnologiyalar, innovatsiyalar, turizm, madaniyat, san’at va sport sohalaridagi aloqalarni chuqurlashtirish yo‘nalishlarida ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etiladi.

    Markaziy Osiyo davlatlarining Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashishga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Ushbu mamlakatda tinchlik va murosaga erishish maqsadida joriy yil mart oyida “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuidagi Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasining ahamiyati qayd etiladi.

    Rezolyutsiya xalqaro hamjamiyat, xususan, BMT tizimidagi ixtisoslashgan muassasalar, jamg‘arma va dasturlarni mintaqa mamlakatlari tomonidan ko‘zda tutilayotgan Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik, integratsiya va barqaror taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlashga da’vat etadi.

    Ushbu rezolyutsiyaning BMTda bir ovozdan ma’qullanishi va qabul qilinishi O‘zbekistonning Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida yuritayotgan ochiq, oqilona va konstruktiv tashqi siyosati tufayli Markaziy Osiyoda shakllangan mutlaqo yangi, o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik muhiti xalqaro miqyosda keng e’tirof etilayotganidan dalolat beradi. Xalqlarini ming yillik birodarlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, mushtarak tarix, din, madaniyat va an’analar bog‘lab turgan Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.

    BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan rezolyutsiya Markaziy Osiyoni hamkorlikda umumiy muammolarni hal qilish, mintaqa taraqqiyoti va uning ko‘p millionli aholisi farovonligini ta’minlashga qodir yaxlit jipslashgan mintaqa sifatida shakllanishida muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

    24.06.2018, 08:21   Izoh (0)   27517
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘izistonga qoramol olib kelish uchun ketgan andijonlikning yoqib, ko‘mib tashlangan jasadi Farg‘onadan topildi

    23.06.2018, 22:35

    Hukumat jismoniy shaxslar O‘zbekistonga bir oyda bir marta olib kira oladigan texnikalar ro‘yxatini tasdiqladi

    23.06.2018, 22:11

    Samarqand shahridagi qurilish ishlari yil oxirigacha to‘xtatiladi

    23.06.2018, 20:53

    O‘zbekistonlik fermerlarning xorijiy mamlakatlarga safarlari muntazam tashkil etiladi

    23.06.2018, 18:56

    IIBB: Toshkent tinch, poytaxtda “Komendantlik soati” o‘rnatilmaydi

    23.06.2018, 18:37

    O‘zbekistonning bir qator internet-nashrlari 18-iyundan beri muammolar girdobida. Saytlar bu muammolar texnik emas, sun’iy bo‘lishi mumkinligidan xavotirda

    23.06.2018, 18:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.