Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-iyun kuni Lyuksemburg Buyuk Gersogi Anrini milliy bayram – Buyuk gersog tavalludi kuni munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Buyuk gersog tavallud kuni har yili 23-iyunda Lyuksemburgda keng nishonlanadi. Ushbu kunda harbiy paradlar, konsert-tomoshalar bo‘lib o‘tadi.

Lyuksemburg gersogi Anrining tug‘ilgan kuni aslida 16-aprel sanasiga to‘g‘ri keladi. Milliy bayramni nishonlash Anrining buvasi Sharlottaning hukmronligi davrida boshlangan. 1919-yildan 1964-yilgacha hukmronlik qilgan Buyuk gersoginya Sharlottaning tug‘ilgan kuni har yili 23-yanvarda nishonlangan.

1960-yillarda qish fasli paradlar o‘tkazish uchun qulay vaqt bo‘lmaganligi uchun milliy bayram 5 oyga surilgan va o‘shandan buyon aynan 23-iyun kuni Buyuk gersog kuni nishonlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)