O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston qo‘shma turistik turlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston turizm departamenti mutaxassisi Sanjar Borkeyev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.
“Hukumatlararo darajada mazkur davlatlarga ular kombinatsiyalashtirilgan turlar g‘oyasini ko‘rib chiqishlari uchun xatlar jo‘natildi. Bugun xususiy sayyohlik kompaniyalari Qirg‘iziston fuqarolari uchun Olmaota, Buxoro, Samarqand va Toshkentga sayohatlar tashkil etib bermoqda. Qo‘shma turlar esa Qozog‘iston va O‘zbekistonda davlat darajasida amalga oshiriladi”, — deydi Sanjar Borkeyev.
O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Komil Rashidovning qayd etishicha, O‘zbekiston uchun turistik bazani rivojlantirish strategik jihatdan muhim sanaladi, shuning uchun ham O‘zbekiston tomoni qo‘shma kombinatsiyalashtirilgan turlar yaratilishiga tayyor.
Izoh (0)