“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK yo‘lovchilarining Yaponiya hududiga kirishining rad etilishi holatlari ko‘paymoqda, deya aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, safar sabablari tushuntirib berilmasa, Yaponiya chegara xizmati mamlakatga kirishni man qilishi mumkin.
Yaponiyaga kirishning rad etilishiga olib kelayotgan asosiy sabab tashrif maqsadining tushuntirib berilmasligidan iborat. Shuningdek, moliyaviy mablag‘lar bilan bog‘liq masalalar, mehmonxonaga buyurtma berilmagani yoki qaytish aviachiptasining yo‘qligi ham taqiqqa sabab bo‘lishi mumkin.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Toshkent—Tokio yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qiluvchilarga yuqoridagi ma’lumotni inobatga olishni tavsiya qilgan.
Izoh (0)