Xalq deputatlari Muzrabot tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Jovli Xolmurodov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan tuman hokimi vazifasidan ozod etildi.
Shu paytgacha “O‘zdonmahsulot” AJ raisi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Erkin Alimov Muzrabot tumani hokimi etib tayinlandi.
Izoh (0)