Samsung’ning yangi Galaxy Note 9 flagmani an’anaga ko‘ra, avgustda, 9-sanada taqdim etiladi. Smartfon haqida deyarli hamma narsa ma’lum, endi esa Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘lgan tasvirlar sharofati bilan, uning dizayni haqida ham bilib olishimiz mumkin, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.
Tashqi jihatdan smartfon Note 8 dan deyarli farq qilmaydi. Unda ham 6,3 dyuymli, kichik romli va tepa qismi “qosh”siz displey bor. Korpus romlar kamayishi hisobiga kichrayadi. Orqa panel shishadan bo‘lib, boshqacha shakldagi barmoq izi skaneri va gorizontal qo‘sh kamera modulini o‘z ichiga olgan.
Ichki tuzilishiga ko‘ra, u Galaxy S9+ ni eslatadi, asosiy farqi — S Pen stilusida. Korpusi kichiklashganiga qaramay, Galaxy Note 9 sig‘imdorroq — 4000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi.
Izoh (0)