Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 23-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 20—22, kunduzi 34—36 daraja issiq bo‘ladi, deb yozmoqda O‘zA.
Respublika bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kechasi 19—24, kunduzi 32—37 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiyda kechasi 18—23, kunduzi 32—37 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda kechasi 17—22, kunduzi 31—36 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda kechasi 19—24, kunduzi 33—38 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘onada kechasi 17—22, kunduzi 30—35 daraja issiq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 13—18, kunduzi 20—25 daraja iliq bo‘ladi.
Respublika bo‘ylab sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin.
Izoh (0)