Volvo kompaniyasi AQShdagi Charlston zavodida uchinchi avlod S60 sedanini taqdim etdi. Avtomobil ishlab chiqaruvchi uchun dizel motori bo‘lmagan birinchi model bo‘ladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xaridorlarga ikki litr sig‘imli 249 va 310 ot kuchiga ega modellar taklif qilinadi. Shuningdek, 340 va 400 ot kuchiga ega gibrid dvigatelli modellar ham mavjud bo‘ladi. Barcha talqinlar old uzatmali bo‘ladi.
Izoh (0)