• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Tolibon” harakati vakillari O‘zbekistonga ishonch bildirdi

    Rasmiy Toshkent “Tolibon” harakati vakillari bilan aloqalar o‘rnatilganini ma’lum qildi. Rossiyaning “Kommersant” internet-resursida chop etilgan maqola shunday nomlangan, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

    O‘zbekiston TIV. Foto: O‘zA

    O‘zbekiston TIV. Foto: O‘zA

    O‘zbekiston hukumati qo‘shni Afg‘onistondagi “Tolibon” harakatining yuqori martabali vakillari bilan amaliy uchrashuvlar o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar qildi. Harakat vakillari bilan muloqot mart oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha konferensiyadan so‘ng o‘rnatilgan. O‘shanda yigirmadan ortiq mamlakatlar vakillari Kobuldagi hukumat va toliblarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni boshlashga chorlab, rasmiy Toshkent esa ushbu jarayonda vositachilik qilishga tayyorligini bildirgan edi, deb yozadi maqola muallifi Kirill Krivosheyev.

    O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston bo‘yicha shu yil mart oyida Toshkentda o‘tkazilgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” nomli konferensiyaning bevosita natijalari haqida ma’lum qildi.

    “Toshkent konferensiyasi ishtirokchilarining umumiy pozitsiyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida O‘zbekiston tegishli aloqalar o‘rnatib, Tolibon harakatining yuqori martabali vakillari bilan amaliy uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik-barqarorlik o‘rnatish va mamlakatni iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan muloqot va o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi”, deyiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi veb-saytida e’lon qilingan bayonotda.

    Shu bilan birga, o‘zbek diplomatlari Afg‘oniston hukumati va toliblar Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatish tartibini joriy etganini olqishladi. “O‘zbekiston ushbu yarashuv muddatsiz tus olishiga umid qiladi”, deyiladi matnda.

    Mart oyidagi Toshkent anjumanida toliblar qatnashmagandi. Shunga qaramay, tadbir yakunida qabul qilingan deklaratsiyada ishtirokchi mamlakatlar “Milliy Birdamlik hukumatining oldindan hech qanday shart qo‘ymaslik asosida “Tolibon” bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni boshlash haqidagi taklifini qat’iy qo‘llab-quvvatlash”larini ta’kidladilar. Qayd etish joizki, Kobuldagi hukumat va toliblar o‘rtasida aloqa kanali bor yoki yo‘qligi noma’lum bo‘lib qolmoqda. “To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlanganda shuning o‘zi aloqa kanali bo‘ladi”, deya javob bergan Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabboniy “Kommersant” savoliga.

    Aynan Toshkent toliblar va afg‘on hukumati o‘rtasidagi muzokaralarda vositachi bo‘lishi mart oyidayoq ma’lum qilingan edi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mart oyida bo‘lib o‘tgan konferensiyada “Biz O‘zbekiston hududida tinchlik jarayonlarining istalgan bosqichida Afg‘oniston va “Tolibon” harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tashkil etish uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz”, deb ta’kidlagan edi. O‘zbek diplomatlarining “oliy martabali vakillari” bilan uchrashuvlari mazkur muzokaralar yo‘lidagi birinchi qadam bo‘ldi, deyish mumkin.

    “Toshkent izchil va tizimli tarzda harakatlanmoqda, — deydi “Kommersant” gazetasiga bergan intervyusida Markaziy Osiyo bo‘yicha ekspert, siyosatshunos Arkadiy Dubnov. — Tabiiyki, toliblar va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi aloqalar ilk marotaba olib borilayotgani yo‘q. Ammo aynan ushbu aloqa Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani tomonidan e’lon qilingan yarashuvga mo‘ljallab o‘rnatilgan. O‘zbekiston Kobuldagi hukumat va toliblar o‘rtasidagi ishonch muhiti mustahkamlanishidan manfaatdor. Boshqacha aytganda, o‘zbeklar Toshkent konferensiyasida boshlangan jarayon ketayotgani va u davom etishini ko‘rsatib berishga intilmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Toshkent deklaratsiyasini imzolagan barcha mamlakatlar, shu jumladan, Rossiya mazkur yo‘nalishdagi uning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini kutyapti”.

    21.06.2018, 10:37   Izoh (0)   92966
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijon shahrida velosipedchilar uchun yo‘laklar tashkil etiladi

    21.06.2018, 10:19

    Navoiy aholisi ularni tovuq sotib olishga majburlashayotganidan shikoyat qildi

    21.06.2018, 09:52

    Moskvada o‘zbekistonlik ayol palov pishiraman deb kuyib qoldi va vafot etdi

    21.06.2018, 09:37

    Alisher Usmonov muvaffaqiyatining siri nimada? (3-qism)

    21.06.2018, 09:02

    Toshkentda Spark avtomobilida ayol kishini urib, qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi

    21.06.2018, 08:35

    Farg‘onada 3 oylik chaqalog‘ini 13 ming dollarga sotishga uringan ayol va uning sherigi qo‘lga olindi

    21.06.2018, 08:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Krishtianu Ronaldu terma jamoa safida gol urish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi

    Sport | 5 iyun, 09:00

    Tramp 12 mamlakat fuqarolariga AQSHga kirishni taqiqladi

    Dunyo | 5 iyun, 08:46

    Qo‘qonda kadastr inspektori 150 ming dollarni noqonuniy olayotganda qo‘lga tushdi (video)

    O‘zbekiston | 5 iyun, 08:34

    Millatlar Ligasi. Ronalduning goli Portugaliyani finalga olib chiqdi (video)

    Sport | 5 iyun, 07:16

    Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 00:00

    “Daryo” dayjesti: 4-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:35

    “Do‘stlik” chegara bojxona postida 12,7 ming dollarni yashirincha olib chiqayotgan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.