O‘zbekistonlik taniqli futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov 12 yillik tanaffusdan so‘ng Jahon Chempionati o‘yinlarini sharhlaydi, deb yozadi “Tribuna.uz”.
Mazkur kelishuv O‘zbekiston futbol federatsiyasi tashabbusi bilan amalga oshirilgan.
UzReport-TV kanali va O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasiga yo‘llangan juda ko‘p murojaatlar va futbol muxlislari talab va istaklarini inobatga olib, UzReport TV telekanali Xayrulla Hamidov bilan hamkorlik qiladi.
Ayni vaqtda Sport-TV xodimi bo‘lgan Xayrulla Hamidov mundial vaqtida shartnoma asosida, UzReport-TV va Futbol-TV kanallarida jonli translyatsiya qilinadigan bir nechta o‘yinlarni sharhlab boradi.
Hamidovning dastlabki sharhini bugun, 17:00 da boshlanadigan Daniya va Avstraliya o‘rtasidagi 2-tur bahsida eshitishingiz mumkin.
Izoh (0)