Amerikalik Stefan Braun ismli yigit Instagram’dagi sahifasida O‘zbekistonni o‘zi sayohat qilgan 20 ta mamlakat ichida eng yaxshisi deb atadi, deb yozmoqda Sputnik.
“Bir oy ilgari hayotimdagi eng buyuk sarguzashtni boshdan kechirdim... O‘zbekiston. Men sayohat qilgan 20 ta mamlakat ichida O‘zbekiston men uchun eng yoqimlisi bo‘ldi.Braun o‘zbekistonliklarni ziyoli, mehribon va mehnatsevar, deya ta’riflaydi va o‘zbeklar bu xislatlarini butun dunyoga yoyishlari lozimligini aytadi.Ajoyib mehmondo‘stlikdan tortib mahalliy aholining do‘stona munosabatigacha — hammasi meni xuddi o‘z uyimdagidek his qilishimga sabab bo‘ldi. Har bir kunim tabassum bilan o‘tdi, har kuni yangi do‘stlar orttirdim va har tong muammolarni unutgan holda uyg‘ondim. Matbuot O‘zbekistonni “terrorchi” davlat deb atagan edi, ammo bu yurt bunday illatdan juda yiroqda”.
Stefan Braun, amerikalik sayyoh
Foto: Instagram
“Bir kishining xatosi uchun butun bir mamlakatni ayblash noto‘g‘ri. Men matbuotdagi so‘zlarga ishonish o‘rniga yuragimga quloq solib O‘zbekistonga kelishga qaror qilganimdan judayam xursandman. Men bir umr yodimdan chiqmaydigan xotiralar va do‘stlarga ega bo‘ldim. Meni nafaqat dunyo fuqarosi bo‘lishda davom etishga ilhomlantirganing, balki haqiqiy inson aslida qanday bo‘lishini o‘rgatganing uchun rahmat senga, O‘zbekiston”.https://www.instagram.com/p/BkKkUSlhhrD/?utm_source=ig_embedStefan Braun, amerikalik sayyoh
Izoh (0)